Resurslar va moliya
Ombor, xaridlar, xarajatlar va filiallar hisobini bir markazdan boshqaring.
Kassadan omborgacha, mijozdan xodimgacha — biznesingiz bir butun tizimda. Sommet tezkor savdo, kuchli AI yordamchi va aniq moliyaviy hisobotlarni birlashtiradi. Siz kundalik hisobga kamroq, biznesingiz o'sishiga ko'proq vaqt ajrating.
Alohida dasturlar o'rtasida ma'lumot ko'chirmang. Savdodan hisobotgacha — barchasi Sommet'da.
Ombor, xaridlar, xarajatlar va filiallar hisobini bir markazdan boshqaring.
Savdo, to'lov va chek jarayonlari. Internet uzilganda ham kassada ishlash imkoniyati.
Xarid tarixi, qarzdorlar daftari va sodiqlik dasturi bilan mijozlaringizga yaqinroq bo'ling.
Kafe jamoasining davomati, faoliyati, rollari va ish haqi hisobini yagona tizimda yuriting.
Savdo, qoldiq va qarzlar haqida oddiy tilda so'rang. Mahsulot qo'shish, narxni yangilash, xarajat yoki qarz to'lovini yozishni topshiring. O'zgartirishlar tasdiqlashingizdan so'ng bajariladi — tezlik ham, nazorat ham o'zingizda.
Bugun qancha sotdik?
Sommet AIKunlik savdo ma'lumotlarini hisoblab, natijani taqdim etadi.
Muloqot namunasiKimning qancha qarzi borligini va to'lov muddatini kuzating. Tizim mijozga avtomatik SMS eslatadi, to'lovlar esa hisobda aks etadi.
Kafe mijozlari uchun Telegram bot, qulay buyurtma va xarid tarixi. Mijozlar bilan aloqani saqlash uchun yagona muhit.
Ofitsiant va kuryer uchun telefonga o'rnatiladigan web ilova yoki Telegram Mini App. Sotuvchi uchun qulay savdo paneli. Har biri o'z vazifasiga mos muhitda ishlaydi.
Telefon orqali stol oching, taomni oshxonaga yuboring va QR buyurtmalarini qabul qiling. Yangi buyurtmadan ovozli ogohlantirish va bildirishnoma orqali xabardor bo'ling.
Vazifaga mos interfeysShtrix-kod bilan tezkor soting, mijoz xarid tarixini oching va qaytarishni rasmiylashtiring. Internet uzilganda ham tayyorlangan kassada savdoni davom ettiring.
Vazifaga mos interfeysBuyurtmani qabul qiling, Google yoki Yandex xaritasida mijoz manziliga yo'l oling. Yetkazilganini va qabul qilingan to'lov usulini belgilang.
Vazifaga mos interfeysKafe mijozlari uchun Telegram bot, buyurtmalar va xarid tarixi yagona tizimda. Mijozlarga qulay xizmat ko'rsating va qayta xarid qilishlariga sabab yarating.
Naqd, plastik karta yoki qarz — hammasi alohida yoziladi. Kun yakunida tushumni tekshirish va farqlarni aniqlash osonlashadi.
Tovarni skanerga tutasiz, narxi o'zi chiqadi, bir bosishda chek tayyor. Printeri ham narx ichida beriladi.
Mijozga qarzni so'rab qo'ng'iroq qilish shart emas: to'lov kuni yaqinlashganda dastur o'zi muloyim SMS eslatma yuboradi.
Telefon raqamini yozsangiz, mijozning ismi, oldingi xaridlari va qarzi chiqadi. Doimiy mijozlaringiz sizdan rozi bo'ladi.
Har bir savdoda qoldiq o'zi kamayadi. Qaysi tovar tugayotganini oldindan ko'rib, o'z vaqtida buyurtma berasiz.
Ijara, oyliklar, tovar xarajati — hammasi hisobda. Oy oxirida bosh qotirmaysiz, sof daromadingiz tayyor chiqadi.
Kafe xodimlarining kelish-ketish vaqti va ishlagan soatlarini kuzating. Ofitsiant savdosi, ochiq stollari va kuryer yetkazish natijalari ham ko'rinadi.
Kassa, shtrix-kod skaneri, chek printeri, qarz daftari, ombor va mijozlar hisobi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, kosmetika va boshqa har qanday do'kon uchun.
Batafsil →Zal va stollar xaritasi, ofitsiant telefoni, stoldagi QR menyu, oshxona printeri va ofitsiant ish haqi. Kafe, restoran, oshxona va choyxonalar uchun.
Batafsil →Mahsulotni skanerga tutasiz yoki nomini yozasiz — summa o'zi hisoblanadi. Bitta tugma bilan sotuv yoziladi, tovar ombordan kamayadi va chiroyli chek chiqadi. Internet uzilsa ham savdo to'xtamaydi!
Daftar titkilab qarz qidirish yoki qarzdorga telefon qilishga xijolat bo'lish yo'q. Qarz berilganda mijoz raqamini kiritasiz, muddat yaqinlashsa dastur unga o'zi muloyim SMS eslatma yuboradi.
Mijoz kassaga kelganda telefonini yozasiz: ismi, oldingi xaridlari va qarzi bir zumda chiqadi. Barcha xarid tarixi bitta joyda yig'iladi.
Tovar kelganda soni va kelish narxini yozib kirim qilasiz. Kassada sotilgan zahoti ombordagi soni o'zi kamayadi. 'Bu tovarimiz qolmagan ekan' deb mijozni quruq qaytarmaysiz.
Kafengiz nomiga Sodiqlik dasturi uchun Telegram bot ochib beramiz. Mijozlar menyudan taom tanlab, stolga yoki yetkazib berishga buyurtma beradi. Buyurtma tushishi bilan xodimlaringiz guruhiga xabar boradi!
Savdo raqami bilan cheklanmang. Foyda va zarar, pul oqimi, hisoblar qoldig'i hamda oyni yopish orqali biznes holatini chuqurroq tahlil qiling.
Savdodan foiz, har buyurtma uchun haq, kunlik yoki oylik to'lov. Avans, hisoblangan ish haqi va qolgan summani oylik vedomostda ko'ring.
Mahsulot va kirim partiyalarining yaroqlilik muddatini kuzating. Muddati yaqinlashgan yoki o'tgan mahsulotlarni oldindan aniqlang.
Mahsulotlarni bittalab kiritishga vaqt sarflamang: Excel'dan CSV shaklida yuklang. Mahsulotlar uchun narx yorliqlarini tayyorlab chop eting.
Haqiqiy qoldiqni tizimdagi son bilan solishtiring. Kirim, hisobdan chiqarish va ta'minotchilarga qarz hamda to'lovlarni tartibli yuriting.
Kafe mijozlari xizmatga baho va izoh qoldiradi. Baholarni ko'rib, ofitsiantlar xizmatini yaxshilash uchun aniq fikrlarga tayaning.
Bugun qancha savdo bo'ldi, qancha foyda qoldi va pul qayerga ketdi — barchasi aniq. Moliyani faqat do'kon egasi ko'radi.
Yangi taom qo'shganingizda yoki chegirma e'lon qilganingizda kafe mijozlariga bittada SMS yuboring. Qayta kelishlariga sabab bo'ling.
2-3 ta do'koningiz bo'lsa ham hammasi bitta dasturda. Har filialning savdosi, qoldig'i va hisoboti alohida ham, birga ham ko'rinadi.
Stollar tartibi, ofitsiant telefonidan buyurtma olish, stoldagi QR orqali buyurtma va oshxonaga alohida chek chiqarish.
Dasturga oddiy odamdek yozing: "Bugun qancha sotdik?". U darhol hisoblab beradi. Mahsulot qo'shish, narxni yangilash va xarajat yozishni tasdiqlash uchun tayyorlaydi.
Do'konda o'tirish shart emas. Istalgan payt telefoningizdan kirib savdoni ko'rib turasiz. Serverga yuborilgan ma'lumotlarni boshqa qurilmadan ham ko'rasiz.
Telefon raqamingizni yozing. Mutaxassisimiz tezda bog'lanib, sizga barcha qulayliklarni tushuntiradi.
Do'koningizga borib (yoki internet orqali) dasturni, botni va chek printerini ulab beramiz. Sizga va sotuvchingizga ishlatishni o'rgatamiz.
O'sha kuniyoq mahsulotlarni kiritib ishlaysiz. Dastur juda sodda — 15 daqiqada bemalol tushunib olasiz.
Bir martalik to'lov ichiga dasturiy ta'minot, kassa uskunalari, to'liq o'rnatib berish va xodimlarni o'qitish kiradi. Sodiqlik dasturi uchun oylik to'lov 4-oydan boshlab hisoblanadi.
Do'kon uchun3 490 000 so'mBir martalik to'lov · Uskuna va o'rnatib berish narx ichida
Kafe va oshxona uchun3 990 000 so'mBir martalik to'lov · Uskuna va o'rnatib berish narx ichida
Kafe uchun aksiya va reklama SMS500 so'm1 ta standart SMS xabar narxiMijozlar bazasiga aksiya, chegirma va yangiliklar haqida SMS xabar yuborish xizmati. 160 belgigacha bo'lgan xabar narxi — 500 so'm. 160 belgidan oshgan matnlar har 160 belgi bo'yicha alohida xabar sifatida hisoblanadi.
Savdo hisobotlari, mahsulot qoldiqlari, mijozlar va qarzlar haqida javob beradi. Mahsulot yoki toifa qo'shish, narxni yangilash, xarajat va qarz to'lovini yozishni tayyorlaydi. Ma'lumotni o'zgartiradigan amallar tasdiqdan keyin bajariladi. Ma'lumotlar foydalanuvchi huquqlariga mos ko'rsatiladi.
Ofitsiant va kuryer mavjud telefonida Telegram Mini App yoki web ilovadan foydalanishi mumkin. Web ilovani bosh ekranga o'rnatish va bildirishnomalarni yoqish mumkin. Sotuvchi esa savdo panelida ishlaydi.
Tizim xodimning kelish-ketish vaqti va faoliyatini ko'rsatadi. Ish haqi savdodan foiz, buyurtma uchun haq, kunlik yoki oylik shart asosida yuritiladi. Hisoblangan summa, avans va to'lovlar oylik vedomostda jamlanadi.
Sommet sodiqlik dasturi kafe mijozlari bilan doimiy aloqa qilishga yordam beradi. Telegram bot orqali menyu va buyurtmalar, mijozlar paneli va xarid tarixi bitta tizimda ishlaydi.
Sommet — do'kon va kafelar uchun ERP, POS, CRM va HRM imkoniyatlarini birlashtirgan o'zbek tilidagi biznes boshqaruv platformasi. Do'kon uchun POS tizimi savdo, qarz daftari, ombor va mijozlar hisobini yuritadi, kafe uchun POS tizimi esa stollar, ofitsiantlar va oshxona printerini boshqaradi. Dasturni o'zimiz o'rnatib, o'rgatib beramiz.
POS tizimi — savdo nuqtasidagi kassa dasturi va uskunalari: kompyuter, chek printeri va shtrix-kod skaneri. Sommet'da kassa bilan birga qarz daftari, ombor, mijozlar bazasi, xarajatlar, xodimlar nazorati ham bor: butun do'kon tizimi bitta dasturda.
Albatta. Sommet kiyim-kechak, oziq-ovqat, kosmetika, xo'jalik mollari, dorixona, qurilish mollari, avtoehtiyot qismlar va boshqa barcha turdagi do'konlar uchun juda qulay. Kafe va oshxonalar uchun esa stollar, ofitsiant telefoni va oshxona printeri bilan jihozlangan maxsus turi mavjud.
2 ta filial uchun bir martalik to'lov: do'kon uchun 5 490 000 so'm, kafe uchun 6 490 000 so'm. 2 ta filial uchun sodiqlik dasturining 4-oydan boshlab oylik to'lov: do'kon uchun 249 000 so'm, kafe uchun 349 000 so'm.
Do'kon uchun bir martalik to'lov 3 490 000 so'm, kafe uchun 3 990 000 so'm. Bunga tarifga kiruvchi uskunalar, dasturni o'rnatish, xodimlarni o'rgatish va dastlabki 3 oylik sodiqlik dasturi xizmati kiradi. Sodiqlik dasturi uchun 4-oydan boshlab oylik to'lov — 149 000 so'm. Kafe mijozlariga reklama SMS xabari — har biri 500 so'm.
Mutlaqo qiyin emas! Dastur oddiy xalq tilida, o'zbekcha yozilgan. Hech qanday chalkash tugmalar yo'q. O'zimiz do'koningizga borib (yoki internet orqali) hammasini ulab beramiz va 15 daqiqada sizga ham, sotuvchingizga ham erinmasdan tushuntiramiz. Qayeridadir tushunmay qolsangiz, doim telefon orqali yordam beramiz.
Oldindan shu brauzerda internet bilan ochilgan kassa aloqa uzilganda ham sotuvlarni mahalliy saqlaydi. Aloqa tiklangach sotuvlar serverga yuboriladi. Internetsiz chek chiqarish uchun mahalliy chek dasturi oldindan ulangan bo'lishi kerak. Onlayn buyurtmalar va jonli ma'lumotlarga internet kerak.
Yo'q, shart emas! Chek printeri va shtrix-kod skaneri narxning ichida beriladi — o'zimiz olib kelib, kompyuteringizga ulab beramiz. Kafe uchun qo'shimcha dasturlangan oshxona printeri kerak bo'lsa, uni ham o'rnatib beramiz.
Ha, albatta. Barcha filiallaringiz bitta tizimda ishlaydi: har birining savdosi, tovar qoldig'i va kassasi alohida ham, umumiy ham ko'rinadi. Siz uyda o'tirib ham qaysi filialingiz qancha sotayotganini telefoningizda ko'rib turasiz.
Serverga yuborilgan savdo, mijoz va qarz ma'lumotlari hisobingizda saqlanadi: boshqa qurilmadan kirib davom ettirishingiz mumkin. Internetsiz paytda yozilgan va hali yuborilmagan sotuvlar esa o'sha brauzerda turadi; qurilmani almashtirishdan oldin sinxronlash tugaganini tekshiring.
Qarzga savdo qilganda mijoz telefon raqami va qaytarish kunini belgilaysiz. To'lov muddati yaqinlashganda dastur mijozga do'koningiz nomidan chiroyli va muloyim SMS yuboradi. Siz xijolat bo'lib qarz so'rab yurmaysiz, mijozlar esa o'z vaqtida qarzini olib keladi.
Do'kon yoki kafengizdagi vazifalarni ayting. Sommet ularni qanday yengillashtirishini amalda ko'rsatamiz, moslab o'rnatamiz va jamoangizga ishlashni o'rgatamiz.