Kafe uchun POS tizimi
Zaldan oshxonagacha, onlayn buyurtmadan yetkazishgacha — xizmat jarayoni bir tizimda. Ofitsiant va kuryer telefonida ishlaydi, yangi buyurtmalar haqida bildirishnoma oladi. Siz esa savdo, xizmat baholari, davomat va ish haqini bir markazdan kuzatasiz.
- Zal va stollar xaritasi
- Ofitsiant telefoni
- Stoldagi QR menyu
- Oshxona printeri
- Ombor va qarz
- Ofitsiant ish haqi
Kafe POS tizimida nimalar bor
Web ilova va bildirishnomalar
Ofitsiant va kuryer Telegram Mini App yoki telefonga o'rnatiladigan web ilovada ishlaydi. Yangi buyurtmalar uchun ovozli ogohlantirish va bildirishnomalar bor.
Davomat va faoliyat tahlili
Kafe xodimlarining kelish-ketishi va ishlagan vaqtini ko'ring. Ofitsiantning savdosi va stollari, kuryerning yetkazish natijalarini kuzating.
Kuryer uchun navigatsiya
Kuryer buyurtma manziliga Google yoki Yandex xaritasi orqali yo'l oladi. Yetkazish holati va mijozdan olingan to'lovni qayd etadi.
Xizmat baholari va mijoz fikri
QR orqali xizmatga berilgan baho va izohlarni ko'ring. Mijoz fikrlariga tayanib xizmatni yaxshilang.
AI va moliyaviy nazorat
AI yordamchidan savdo va qarzlar haqida so'rang. Foyda va zarar, pul oqimi, balans hamda ish haqi vedomosti orqali biznesni boshqaring.
Zal va stollar xaritasi
Joylarni (zal, ko'cha, kabina...) va stollarni o'zingiz qo'shasiz, har stolga necha kishilik ekani va izoh. Bo'sh, band va hisob so'ralgan stol rangidan bilinadi.
Stolga bosib buyurtma
Stolni bosasiz, menyudan taom qo'shasiz: o'lchami (Kola 0.5 L / 1 L), qo'shimchasi va oshxonaga izoh bilan. Mijozni boshqa stolga ko'chirasiz yoki ikki stolni birlashtirasiz.
Ofitsiant telefoni
Ofitsiant web ilova yoki Telegram orqali o'z telefonidan stol ochadi, taomni oshxonaga yuboradi va hisob chekini chiqartiradi. Alohida planshet kerak emas.
Stoldagi QR menyu
Mijoz stoldagi QR kodni skanerlab menyudan o'zi buyurtma beradi. Mijoz kafe ichida ekani tekshiriladi, birinchi buyurtmani ofitsiant tasdiqlaydi.
Oshxona printeri
Taom oshxonaga yuborilishi bilan oshxona printeridan chek chiqadi. Oshpaz eshitmay qolmaydi, ofitsiant oshxonaga yugurmaydi.
To'lov faqat kassada
Ofitsiant pul olmaydi: kassa naqd, karta, naqd + karta yoki qarzga yopadi. Chegirma, xizmat haqi va hisobni bo'lish (har mehmon o'zi to'laydi) bor.
Kun yakuni va bekorlar
Kechqurun savdo, naqd va karta, har ofitsiantning stollari va chegirmalar tayyor. Oshxonaga ketgan taomni faqat kassa, sababi bilan bekor qiladi: kim va nega bekor qilgani ko'rinadi.
Kafe ombori
Ichimlik va sanaladigan mahsulotlar omborda soni bilan turadi. Tugasa mijoz menyusida "Tugadi" deb ko'rinadi.
Ofitsiant ish haqi
Savdodan foiz, har buyurtmaga, kunlik yoki oylik. Ofitsiant qancha topganini o'z telefonida ko'radi, siz esa kimga qancha berish kerakligini.
Yetkazib berish
Kafengizning Sodiqlik dasturidan mijoz uyiga buyurtma berib, oldindan to'laydi. Buyurtma tasdiqlanganda oshxona cheki o'zi chiqadi, dostavchik yetkazganini belgilaydi.
Buyurtma oshxonaga bir zumda, qog'ozga yozmasdan va adashmasdan
Ofitsiant taomni stolga qo'shib "Oshxonaga yuborish"ni bosadi: oshxona printeridan stol va taomlar yozilgan chek chiqadi. Oshpaz eshitmay qolmaydi, ofitsiant oshxonaga yugurmaydi.
- Har yuborishda faqat yangi qo'shilgan taomlar chiqadi
- Oshxonaga ketmagan taom ofitsiantga ko'rinib turadi
- Yetkazib berish buyurtmasi tasdiqlanganda chek o'zi chiqadi
- Kassa va oshxona printerini o'zimiz sozlab, ulab beramiz
Ichimlik tugasa, menyuda o'zi "Tugadi" bo'ladi
Ichimlik, muzqaymoq kabi sanaladigan mahsulotlarni kirim narxi bilan omborga kiritasiz. Stolga qo'shilganda soni kamayadi, olib tashlansa qaytadi. Doimiy mijozning stolini qarzga yopib, muddatini belgilaysiz.
- Kirim narxi va sotuv narxi yonma-yon
- Kam qolgan va tugagan mahsulot ko'rinib turadi
- Stolni qarzga yopish: mijoz raqami va qaytarish muddati bilan
- Qarz muddati yaqinlashganda mijozga SMS eslatma
Qaysi joylarga mos
- Kafe
- Restoran
- Oshxona
- Choyxona
- Fast-fud
- Kofexona
- Lavash va burger
- Pitsa
- Milliy taomlar
Kafe uchun POS tizimi narxi
Bir martalik to'lov 3 990 000 so'm — chek printeri, o'rnatib berish va dastlabki 3 oylik sodiqlik dasturi xizmati narx ichida. Sodiqlik dasturi uchun 4-oydan boshlab oylik to'lov 149 000 so'm.
Kafe va oshxona uchun3 990 000 so'mBir martalik to'lov · Uskuna va o'rnatib berish narx ichida- 1 ta kassa chek printeri
- Zal stollari hisobi va ofitsiant ilovasi orqali buyurtma
- Stoldagi QR-menyu orqali buyurtma qabul qilish
- Oshxona printeriga avtomatik chek chiqarish
- Ombor, mahsulotlar va xodimlar nazorati
- Sodiqlik dasturi (Telegram bot) va yetkazib berish xizmati
- To'liq o'rnatib berish, sozlash va jamoani o'rgatish
Kafe uchun aksiya va reklama SMS500 so'm1 ta standart SMS xabar narxiMijozlar bazasiga aksiya, chegirma va yangiliklar haqida SMS xabar yuborish xizmati. 160 belgigacha bo'lgan xabar narxi — 500 so'm. 160 belgidan oshgan matnlar har 160 belgi bo'yicha alohida xabar sifatida hisoblanadi.
Ko'p beriladigan savollar
Filiallar uchun narx qancha?
2 ta filial uchun bir martalik to'lov 6 490 000 so'm. 2 ta filial uchun sodiqlik dasturining 4-oydan boshlab oylik to'lov 349 000 so'm.
Sodiqlik dasturi nima va oylik to'lov qilinmasa nima bo'ladi?
Sodiqlik dasturi — mijozlar uchun Telegram bot va uning mijozlar paneli. Oylik to'lov muddati tugasa avtomatik qarz SMS'lari, bot orqali reklama va mijozlar paneli to'xtaydi. To'lov tasdiqlangach qayta ochiladi.
Kafe uchun POS tizimi qancha turadi?
Bir marta 3 990 000 so'm to'laysiz: chek printeri, shtrix-kod skaneri, dasturni o'rnatib berish va dastlabki 3 oylik xizmat shu narx ichida. 4-oydan boshlab oyiga 149 000 so'm (Sodiqlik dasturi, bot orqali reklama va avtomatik qarz SMS'lari). Qo'shimcha dasturlangan oshxona printeri 700 000 so'm.
Ofitsiantga alohida planshet yoki qurilma kerakmi?
Yo'q. Ofitsiant o'z telefonidagi Telegram orqali ishlaydi: stol ochadi, taom qo'shadi, oshxonaga yuboradi va hisob chekini chiqartiradi. Pulni faqat kassa oladi.
Mijoz stoldan o'zi buyurtma bera oladimi?
Ha. Har stolda QR kod turadi: mijoz uni telefonida skanerlab menyudan buyurtma beradi. Mijoz kafe ichida ekani tekshiriladi, birinchi buyurtmani ofitsiant tasdiqlaydi.
Ofitsiantlar ish haqi qanday hisoblanadi?
Har ofitsiantga shart qo'yasiz: savdodan foiz, har buyurtmaga belgilangan summa, kunlik yoki oylik. Pul kuniga yoki oy oxirida beriladi. Kim qancha topgani, olgani va qancha berish kerakligini dastur o'zi hisoblaydi, ofitsiant ham o'z telefonida ko'radi.
Yetkazib berish (dostavka) bormi?
Ha. Mijoz kafengizning Sodiqlik dasturidan uyiga buyurtma berib, oldindan to'laydi. Buyurtma adminlar guruhiga keladi, tasdiqlanganda oshxona cheki chiqadi, dostavchik o'z oynasida yetkazganini belgilaydi.
Kafengizda tartib bugundan boshlansin
Ariza qoldiring: qo'ng'iroq qilib, kafengizga moslab ko'rsatamiz, printerlarni ulab, ofitsiantlarga o'rgatamiz.
