Do'kon uchun POS tizimi
Savdoni tezlashtiring, omborni tartibga soling, foydani aniq kuzating. Sommet AI yordamchi, qarz eslatmalari, yaroqlilik muddati nazorati va moliya hisobotlarini birlashtiradi. Chek printeri va skaner bilan o'rnatib, ishlashni o'rgatamiz.
- Tezkor kassa
- Shtrix-kod skaneri
- Chek printeri
- Qarz daftari
- Ombor hisobi
- Mijozlar bazasi
Do'kon POS tizimida nimalar bor
AI bilan tezkor boshqaruv
Savdo va qoldiqni oddiy savol bilan tekshiring. Yangi mahsulot, narx o'zgarishi, xarajat va qarz to'lovini AI orqali tayyorlab, tasdiqlang.
Yaroqlilik muddati va sanoq
Muddati yaqinlashgan mahsulotlarni kuzating. Haqiqiy qoldiqni tizim bilan solishtiring, kirim va hisobdan chiqarishlarni yuriting.
CSV import va narx yorliqlari
Mavjud katalogni CSV fayldan yuklang, mahsulotlarga narx yorliqlarini chop eting. Kundalik qo'l mehnatini kamaytiring.
Tezkor kassa
Naqd, plastik karta yoki qarzga sotasiz. Har to'lov alohida yoziladi, kun oxiridagi kassa sanog'ida kamomad darrov ko'rinadi.
Shtrix-kod skaneri
Tovarni skanerga tutsangiz, nomi va narxi kassaga o'zi tushadi. Shtrix-kodsiz tovarni nomi bilan bir zumda topasiz.
Chek printeri narx ichida
80 mm chekda do'koningiz nomi va shtrix kod chiqadi. Printerni olib kelib, kompyuteringizga o'zimiz ulab beramiz.
Qarz daftari
Qarz muddati yaqinlashganda mijozga muloyim SMS eslatma o'zi boradi. Bo'lib-bo'lib to'lagani ham so'mma-so'm hisobda.
Ombor va kirim
Tovar kelishini kirim narxi bilan yozasiz, sotilganda qoldiq o'zi kamayadi. Kam qolgan va tugagan tovar tepada turadi.
Mijozlar bazasi
Telefon raqamini yozsangiz mijozning ismi, oldingi xaridlari va qarzi chiqadi. Doimiy xaridorlaringizni taniysiz.
Xarajat va sof foyda
Ijara, oylik va boshqa xarajatlar yoziladi. Oy oxirida qancha sof foyda qolgani tayyor hisobotda.
Filiallar bitta tizimda
2-3 ta do'koningiz bo'lsa, har birining savdosi va qoldig'i alohida ham, umumiy ham ko'rinadi.
Daftarsiz qarz hisobi: kim qancha qarz ekani doim aniq
Qarzga sotganda mijoz raqami va qaytarish kunini belgilaysiz. Muddat yaqinlashsa dastur mijozga do'koningiz nomidan SMS eslatma yuboradi, siz esa xijolat bo'lib qo'ng'iroq qilmaysiz.
- Qarzdorlar ro'yxati summasi va muddati bilan
- Bo'lib to'lovlar va qolgan qarz avtomatik hisoblanadi
- Muddati kelgan qarzga SMS eslatma o'zi ketadi
- Har bir qarz sanasi va summasi bilan yozilgan: bahsga o'rin yo'q
Qaysi tovar tugayotganini mijoz so'rashidan oldin bilasiz
Tovar kelganda soni va kirim narxini yozasiz. Kassada sotilgan zahoti qoldiq kamayadi. Har bir tovardan qancha foyda ko'rayotganingiz ko'rinib turadi.
- Kirim narxi va sotuv narxi yonma-yon
- Kam qolgan va tugagan tovarlar tepada
- Ta'minotchilar bilan qarz va to'lovlar hisobi
- Katta kirimni Excel (CSV) fayldan birdaniga yuklash
Qaysi do'konlarga mos
- Oziq-ovqat va market
- Kiyim-kechak va poyabzal
- Kosmetika va parfyumeriya
- Xo'jalik mollari
- Qurilish mollari
- Avtoehtiyot qismlar
- Dorixona
- Telefon va aksessuarlar
- Bolalar mollari
- Sovg'alar
Do'kon uchun POS tizimi narxi
Bir martalik to'lov 3 490 000 so'm — chek printeri, simsiz shtrix-kod skaneri, dasturni o'rnatish va o'rgatib berish narx ichida. Sodiqlik dasturi uchun 4-oydan boshlab oylik to'lov 149 000 so'm.
Do'kon uchun3 490 000 so'mBir martalik to'lov · Uskuna va o'rnatib berish narx ichida- 1 ta chek printeri va 3D simsiz shtrix-kod skaneri
- Tezkor kassa va shtrix-kod orqali savdo
- Qarz daftari va avtomatik SMS eslatmalar
- Ombor, tovarlar va xarajatlar hisobi
- Xodimlar nazorati va moliyaviy hisobotlar
- Mijozlar bazasi va xaridlar tarixi
- To'liq o'rnatib berish va foydalanishni o'rgatish
Ko'p beriladigan savollar
Filiallar uchun narx qancha?
2 ta filial uchun bir martalik to'lov 5 490 000 so'm. 2 ta filial uchun sodiqlik dasturining 4-oydan boshlab oylik to'lov 249 000 so'm.
Do'kon uchun POS tizimi qancha turadi?
Chek printeri, simsiz shtrix-kod skaneri va dasturni o'rnatish bilan birga 3 490 000 so'm to'laysiz. Sodiqlik dasturi uchun 4-oydan boshlab oylik to'lov 149 000 so'm.
Shtrix-kod skaneri bilan ishlaydimi?
Ha. 3D kabelsiz shtrix-kod skaneri narx ichida beriladi va kompyuterga ulanadi: tovarni skanerga tutsangiz, kassada o'zi topiladi. Shtrix-kodi yo'q tovarni nomi bilan qidirib qo'shasiz.
Internet o'chsa kassa ishlaydimi?
Ha, kassa internet uzilganda ham sotaveradi. Sotuvlar kompyuterda saqlanib turadi va internet kelishi bilan serverga o'zi yuklanadi.
Do'kon tizimini telefondan boshqarsa bo'ladimi?
Ha. Do'kon egasi istalgan joydan telefon yoki kompyuterdan kirib bugungi savdo, qarzlar, ombor qoldig'i va sof foydani ko'radi. Ma'lumotlar serverda saqlanadi: kompyuter buzilsa ham yo'qolmaydi.
Qanday kompyuter yoki uskuna kerak?
Oddiy Windows kompyuter yoki noutbuk va internet yetarli. Chek printeri va 3D kabelsiz shtrix-kod skanerini o'zimiz olib kelib ulab beramiz.
Do'koningizni bugundan tartibga soling
Ariza qoldiring: qo'ng'iroq qilib, do'koningizga moslab ko'rsatamiz va o'zimiz o'rnatib beramiz.
